Ag’ichi

Ag’ichi (turkcha)-qoraxoniylar davridagi lavozimlardan biri. Mahmud Koshg’ariy uni ipak kiyimlarni saqlovchi xazinachi deb qayd etgan. Haqiqatan ham “ag’i” so’zi ipak kiyimni anglatgan. Ag’ichi nomi shundan olingani shubhasizdir. Lekin Qoraxoniylar davlatida markaziy davlat boshqarmasida xizmat qiluvchi Ag’ichi mansabidagi kishi nafaqat ipak kiyimlarni saqlovchi, balki tom ma’noda xazinador hisoblangan. Chunki Qoraxoniylar davlatining dastlabki davrida ipak va ipak kiyimlar nihoyatda qimmatbaho mahsulot hisoblangan. Uning parchalaridan valyuta o’rnida tovar ayirboshlash sifatida foydalanilgani ham ehtimoldan xoli emas.