Agroiqlimshunoslik

Agroiqlimshunoslik (yunoncha agros — dala) — iqlimni qishloq xojaligining, asosan dehqonchilikning muhim omili sifatida organuvchi fan. Agroiqlimshunoslikning asosiy vazifasi iqlim bilan qishloq xojalik ekinlarining osishi, rivojlanishi va oqilona joylashtirilishi ortasidagi munosabatni aniqlashdan, agrotexnika va melioratsiya tadbirlarini iqlimiy jihatdan asoslab berishdan va h.k. lardan iborat. Qishloq xojalik ekinlarini iqlim va mikroiqlim sharoitiga ko`ra rayonlashtirish, ya’ni agroiqlimiy rayonlashtirish agroiqlimshunoslikning bosh masalasidir.