AGUASKALENTES

AGUASKALENTES – Meksikaning Markaziy qismidagi shtat, San-Pedro daryosidan sug’oriladigan platoda. Maydoni 5,5 ming kilometr kvadrat. Aholisi 720 ming kishi (1990). Ma’muriy markazi — Aguaskalentes shahri. Iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi (bug’doy, makkajo’xori, loviya, sabzavot, meva yetishtirish, chorvachilik) yetakchi o’rinda. Konchilik sanoati ham bir muncha rivojlangan. Polimetall rudalari qazib olinadi.

AGUASKALENTES – Meksikaning Markaziy qismidagi shahar, Aguaskalentes shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 293 ming kishi (1990). Temir yo’l tuguni. To’qimachilik (ip gazlama, movut), oziq ovqat (un tortish, meva konserva), neftni qayta ishlash sanoati korxonalari bor. Keramika buyumlari ishlab chiqariladi. Qishloq xo’jalik rayonining savdo markazi. Aguaskalentes yaqinida issiq mineral suvli kurort (shahar nomi ham shundan) bor. Aguaskalentesga 1575 yilda asos solingan. 18-asrga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan.