AHMAD BAXSHI MATNAZAR O’G’LI

AHMAD BAXSHI MATNAZAR O’G’LI (1891— 1937, Qoraqalpog’iston, Amudaryo tumani Mang’it qishlog’i) — o’zbek xalq dostonchisi. Suyav baxshining shogirdi, o’zi ham shogirdlar yetishtirgan. Xorazm “Go’ro’g’li” turkumi, “Oshiq g’arib”, “Sayodxon va Hamro” dostonlarini kuylab kelgan. Nashr etilgan “Qirq ming” dostoni undan yozib olingan.