AHMADIY ABDURAIM
AHMADIY ABDURAIM (1927.20.12, Qashqar shahri) — uyg’ur xonandasi. O’zbekiston xalq artisti (1989). Urumchi shahri. Uyg’ur musiqali drama teatri (1946 — 47), G’ulja shahri teatri (1947 -49), Chuchak shahri teatri (1950 — 61), Urumchidagi Sintszyan-uyg’ur Muxtor rayon filarmoniyasi (1950 — 61), Olmaota shahridagi Uyg’ur teatri (1961 — 71), O’zbekiston radiosi qoshidagi Uyg’ur ansambli (1971 — 86), O’zbekiston davlat filarmoniyasi (1986 — 90) da xonanda. Repertuaridan asosan uyg’ur xalq qo’shiqlari (masalan, “Yoru”, “Doday”, “Senga xushtor”), sanamlar, Qashqar va Dulon muqomlari, shu bilan birga zamonaviy bastakorlarning asarlari o’rin olgan.