AHMEDOV SOLI
AHMEDOV SOLI (1907.15.7, Farg’ona viloyati Beshariq qishlog’i) — aktyor va rejissyor. O’zbekiston xalq artisti (1964). Farg’ona teatri tashkilotchilaridan. Farg’ona xotin-qizlar klubida tuzilgan yarim professional truppada rejissyor. (1929). Farg’ona teatrida aktyor va rejissyor. (1931-46, bosh rejissyor. 1955-67), Qo’qon teatrining bosh rejissyori (1946-55). Qahramonlarning ichki dunyosi, xatti-harakati va kechinmalarini ishonarli ifodalash Ahmedov ijodiga xos. Asosiy rollari: G’ulom (“Nomus va muhabbat”), Rustam (“Rustam”), G’ofir (“Boy ila xizmatchi”), Mavlon (“Shohi so’zana”), Majididdin (“Alisher Navoiy”), General Rahimov (“General Rahimov”) va boshqalar. Sahnalashtirgan asosiy spektakllari: “Farhod va Shirin” (Xurshid), “Maysaraning ishi”, “Xolisxon”, “Boy ila xizmatchi” (Hamza), “Hamza”, “Muqimiy” (S. Abdulla) va boshqalar.