AHOLINING TABIIY O’SISHI
AHOLINING TABIIY O’SISHI – ma’lum davr ichida tug’ilganlar soni bilan o’lganlar soni orasidagi farq. Aholining tabiiy o’sishi— aholi o’sishi intensivligining umumiy ko’rsatkichi bo’lib, odatda, koeffitsient bilan o’lchanadi. Aholining tabiiy o’sishi har 1000 kishiga nisbatan olinadi va promille (%o) bilan o’lchanadi (O’zbekistonda 1996 yil Aholining tabiiy o’sishi koeffitsienti 25,6%o ni tashkil etdi).