AJROQLIK
AJROQLIK — tashqi yoki ichki kuch ta’sirida tog’ jinslarining o’z ichidagi yoriqlar bo’ylab alohida ajralishi. Odatda magma sovib, jinslarga aylanayotgan vaqtda yoki cho’kindi jinslar suvdan ko’tarilib quriyotganda, yoriqlardan yoki yopishib turgan joylardan yoriqlar bo’ylab ajralgan kezlarida bu xususiyat namoyon bo’ladi. Tog’jinslarining ajralish shakllariga qarab Ajroqlik bir necha turli bo’ladi; masalan, cho’kindi tog’jinslarida to’rtburchakli, kubsimon, qatlamsimon, parallelepipedsimon, prizmatik yoki ustunsimon, sharsimon, toshtaxtasimon va boshqalar. Ajroqlik yaxlit massivdan zarur shakl va o’lchamdagi toshni ajratib olishni osonlashtiradi. Konchilik ishlarini rasional loyihalashda ahamiyati bor. A3, Asosan, OS — qadimgi turkiy qabilalardan birining nomi. Ular 7-11-asrlarda hozirgi Tuva Respublikasining g’arbiy qismida yashagan. Asosiy qismi 7-8-asrlardayoq Yettisuvga ko’chib kelib, ili va Chu daryolari bo’ylariga, Kestak dovonining har ikki tomoniga o’rnashgan. “Hudud ul-olam” asarida Ajroqlik tirkashlarning bir qismi deyilgan. Yenisey, Oltoy va Tyanshanning o’rta asrlarga oid etnonimikasida Ajroqlik nomi qirg’izlar bilan bog’liq holda uchraydi. Oltoyda to’rt OS degan urug’qabila nomi saqlanib qolgan. Tuva va Oltoy tog’yon bag’irlaridagi Ajroqliklarning bir qismi keyinchalik Sibir xalqlari (Oltoy, Teleut), Yettisuvdagilari esa qozoq, qirg’iz va o’zbek xalqlari tarkibiga singib ketgan. Hozirgi Samarqand viloyatining g’arbiy tumanlarida saroy qabilasiga mansub o’zbeklar tarkibida Ajroqlik etnonimi saqlanib qolgan.