AKKREDITLASH

AKKREDITLASH (lot. accredere – ishonch bildirish) — xalqaro huquqda davlatning diplomatik vakolatxona boshlig’i yoki biror-bir xalqaro tashkilotda doimiy vakili lavozimiga tayinlanishi va lavozimni bajarishga kirishishi bilan bog’liq hattiharakatlar majmui. Akkreditlash jarayoni quyidagilardan iborat: davlat vakolatli organi tomonidan muayyan shaxsni o’z diplomatik vakili etib tayinlash to’g’risidagi ichki hujjatni e‘lon qilish, uning xorijiy davlat tomonidan qabul qilinishiga rozilik olish (agreman) hamda yangi ishga tayinlangan vakilning xizmat qiladigan davlat vakolatli organiga ishonch yorliqlarini topshirish. Biror bir davlatda mavjud tajribaga asosan, diplomatik vakolatxona boshlig’i ishonch yorliqlarini topshirgan paytdan yoxud o’z tashrifi haqida xabar bergan va xizmat qiladigan davlat tashqi ishlar vazirligiga tasdiqlangan ishonch yorliqlarining nusxalarini taqdim etgan vaqtdan e‘tiboran o’z vazifalarini bajarishga kirishgan hisoblanadi. Davlatning xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili xalqaro tashkilotning vakolatli organiga vakolat yorlig’ini topshirgan paytdan boshlab o‗z vazifalarini bajarishga kirishgan hisoblanadi.