AKSIOMA

AKSIOMA (Yunoncha axioma) — o’z-o’zidan ravshanligi, ayonligi sababli isbotsiz qabul qilinadigan holat, tasdiq, fikr. Deduktiv quriladigan ilmiy nazariyalarda asosiy tushunchalarning boshlang’ich xossalari. Aksiomalar tizimi bilan kiritiladi va bosha hamma xossalar, tasdiqlar (teoremalar) ulardan foydalanib mantiqiy isbot qilinadi. Ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, uchinchi istisno qonuni mantiqiy Aksioma hisoblanadi. Aksiomaga misol sifatida Evklid geometriyasiiat parallellik Aksiomasini keltirish mumkin: “Tekislikda a to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lmagan o nuqta orqali shu to’g’ri chiziqqa bittadan ortiq parallel to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin emas”. Arximed aksiomasi, Tsermelo aksiomasi va boshqalar. Aksioma atamasi Yunonistonda paydo bo’lgan, birinchi marotaba Aristotel asarlarida ishlatilgan. Abu Nasr Forobiy, Umar Xayyom, al-Xorazmiy va boshqa allomalar ham Aksiomani atroflicha tekshirishgan.