AKTUAR HISOB-KITOBLAR

AKTUAR HISOB-KITOBLAR – sug’urta tarifi stavkalarini hisoblashning iqtisodiy-matematik usullari yig’indisi. Ushbu hisob-kitoblar katta sonlar qonuniga asoslanadi. Aktuar hisob-kitoblaming metodologiyasi ehtimollar nazariyasi, demografiya qonuniyadariga asoslanadi, tarif stavkasi miqdori sug’urta hodisalari ro’y berishining ehtimoliyligiga bog’liq. Demografiya ma’lumotlaridan fuqarolarning hayotini sug’urtalashda sug’urtalanuvchilarning yoshiga mos ravishda sug’urta tarifi stavkasini tabaqalashtirishda foydalaniladi. Uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta summalari sug’urtalangan shaxs vafot etganda yoki u ma’lum bir yoshga etganda to’lanadi. Yetarli miqdordagi sug’urta fondini shakllantirish uchun sug’urtalovchi shartnoma amalda bo’lgan davrda qancha shaxs vafot etishi yoki ma’lum bir yoshga yetishi ehtimoliyligini bilishi zarur. Aholi o’limi darajasi haqidagi statistic ma’lumot asosida turli yoshga yetishi ehtimolligini hisoblash hamda fuqarolarning o’limi to’g’risidagi jadvalni tuzish mumkin. Bu jadval asosida nafaqa va hayotni sug’urtalash bo’yicha tarif stavkalarini hisoblash mumkin.