Alkogolizmning oldini olish

Alkogolizmning oldini olish-alkogolizmning barcha bo’lim (tur)lari rivojlanishiga to’sqinlik qilish:

  • Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yaxshilar, uni barqarorlashtirish;
  • Alkogol ichimliklarni tadbirlar va marosimlarda nihoyatda kamaytirish, iloji boricha yo’q qilish, insonlarning bolaligi davridanoq alkogolning zarari haqida ogohlantirish, tushuntirish va tarbiyalash;
  • Spirtli ichimliklar sotish ustidan qat’iy nazorat o’rnatish va sotishni litsenziyalash, ularni tarqatishni cheklash tizimini yaratish (xaridorlarning yoshlari, sotish joyi va vaqti, spirtli ichimlik sifati to’g’risidagi sertifikat bo’lishi javobgarligi va boshqalar);
  • Oilani mustahkamlash, ota-onalarni pedagogik jihatdan ma’rifatli qilish, oilada ichkilik ichmaslik an’anasini mustahkamlash;
  • O’ziga xos nozik tabiatlilarni boshidanoq ruhiy jihatdan to’g’ri yo’naltirish;
  • Ichuvchini muntazam nazoratda tutish va alkogolizm doirasini o’z vaqtida kuch ishlatmay bartaraf etish;
  • Madaniy va ma’rifiy darajani ko’tarish;
  • Ijtimoiy qadriyatlar bilan shug’ullanishni rivojlantirish;
  • Ichkilikbozlikning oldini olish, alkogolizmni boshlanishidayoq tashxislash, uni munosib tarzda va muntazam davolash, bunda terapiya mujassam muolajalaridan, psixoterapiyadan, shu jumladan, oilaviy tarbiyadan, albatta, foydalanish.