ALLEGORIYA

ALLEGORIYA (Yunoncha allegoria — o’zgacha ifodalash, kinoya, qochirim) — badiiy tasvir, obrazlilik turi; mavhum tushuncha yoki g’oyalarni muayyan narsa, voqea va hodisa orqali ifodalash. Masalan, “to’ti” so’zining “gapdon”, “bulbul” so’zining “yaxshi qo’shiq aytuvchi” ma’no ifodalari bo’lsa, “bo’ri”, “tulki” so’zlaridan “yomonlik”, “yovuzlik”, “ayyorlik”ni ifodalovchi salbiy ma’nolarda foydalaniladi. So’z bilan obraz o’rtasidagi aloqa o’xshashlik yoki uyg’unlikka asoslanadi (masalan, qalb—sevgi). Sharq adabiyoti, o’rta asrlar (Uyg’onish davri) G’arb adabiyotida barokko, klassisizm ruhidagi san’atda Allegoriya vositasida yaratilgan obrazlar ko’plab uchraydi (masalan, Adliya sohasida “adolat” tarozu ko’tarib turgan ayol shaklida ifodalanadi). Allegoriya masal va ertaklarning ayrim turlarida keng qo’llaniladi.