A’MAQ BUXORIY
A’MAQ BUXORIY (taxallusi; asl ismi Abu Najib Shahobiddin) (? — Buxoro — 1148) — shoir. Buxoro va Samarqandda tahsil ko’rgan. Qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan. Arab va fors tillarida ijod etgan. Amir ush-shuaro (shoirlar amiri) unvoniga sazovor bo’lgan. She’rlar devoni saqlanmagan. 37 qasidasidan parchalar va 7 ruboiysi turli majmua va tazkiralar orqali yetib kelgan. Qasidalarida Adib Sobir Termiziy va Mas’ud Sa’d Salmon ijodiga yuqori baho bergan. A’maq marsiya ustasi bo’lgan. O’zining “Yusuf va Zulayho” dostonini 2 vaznda o’qiladigan qilib yozgan.