AMERITSIY
AMERITSIY (Americium), Am — sun’iy yo’l bilan olingan radioaktiv kimyoviy element, aktinoidlarga kiradi; tartib raqami 95. Barqaror izotoplari yo’q. Plutoniy (239Ri) ni neytronlar bilan nurlantirib, sintez qilingan (1944 yil oxiri — 1945 yil boshlarida). Lantanoidlar qatorida lantandan keyin 6-o’rinda turadigan element yevropiy deb atalganidek, aktinoidlar qatorida aktiniydan keyin 6-o’rinda turadigan Ameritsiyga ham “Amerika” so’zidan olinib, Ameritsiy nomi berilgan. Massasining soni 237 dan 246 gacha bo’lgan izotoplari ma’lum, ular a-nurlanuvchilardir. Eng uzoq, yashaydigan izotoplaridan 241ap1 va 243at (yarim parchalanish davri T’=2 — 7370 yil) o’zidan a-nurlar chiqarib turadi (a-nurlanish u-nurlanish ishtirokida boradi). Elementar Ameritsiy – kumush rang metall, suyuklanish temperaturasi 995°, qaynash temperaturasi 2607°. Ameritsiy va uning qattiq birikmalari o’zidan a-nurlar chikarib turadigan bo’lgani uchun qorong’ida yog’du sochadi. Valentligi birikmalarda 3 dan 6 gacha, eritmalarda ko’pincha 3. Uch valentli Ameritsiy eritmalari pushti rangli bo’ladi. Kimyoviy xossalariga ko’ra u lantanoidlarga o’xshash. Kislorod ta’sirida (uning tanqisligida) oksidlanib Ameritsiy oksidini ato, suyultirilgan kislota bilan o’zaro ta’sirlanib At3q tuzlarini, gaz holidagi vodorod bilan 50° dayoq reaktsiyaga kirishib, digidrid Atn2, trigidridni Atn3 hosil qiladi. Ameritsiy kimyosi ustidagi ishlar uning asosan bir izotopi — “‘Am dan foydalanib bajarilgan, qolgan izotoplarini ishlatish uchun kifoya qiladigan miqdorda olish qiyin. 241Am berilliy bilan birga neytron manbalari tayyorlash uchun ishlatiladi.