Amir

Amir-Islom dini qabul qilingunga qadar arablarda amir so’zi qabila boshlig’i, harbiy boshliq degan ma’nolarni bildirgan. Arablar ko’p joylarni bosib olib, o’z dinlariga o’tkazgandan so’ng Arab xalifaligiga qaram bo’lgan mamlakatlarni boshqarish uchun tayinlangan hokimni, qo’shin qo’mondoni va yirik lashkarboshilarni amir deb atashgan. Mo’g’ullar istilosidan so’ng Oltin O’rdada, keyin O’rta Osiyo va Eronda mo’g’ul va turk qabilalari birlashmasi – ulus boshlig’ining unvoni ham amir deb atalgan. Sohibqiron Temurning unvoni ham amir bo’lib, tarixda Amir Temur deb yuritilgan. XVIII asr oxiridan boshlab, Buxoro mang’it sulolasiga mansub bo’lga hukmdorlar ham o’zlarini amirlar deb yuritishgan.