Amiri shikor (miri shikor)
Amiri shikor (miri shikor) – ov boshlig’i yoki sohibi. XV-XVI asrlarda ko’chmanchi o’zbek xonlari davrida mavjud bo’lgan davlat mansablaridan biri. Bu mansabni olgan amirlar zodagonlar hayotida, ayniqsa, xonlar va sultonlar hayotida muhim bo’lgan xon ovine tashkil qilar edilar.