ANAKSAGOR
ANAKSAGOR (miloddan avvalgi taxminan 500- 428) — yunon faylasufi, riyoziyot va falakiyot olimi, Afina falsafa maktabining asoschisi. Xudosizlikda ayblangan (u Quyosh cho’g’ holatidagi jismdan iborat, deb uqtirgan). Buzilmas unsurlar — narsalarning “urug'”lari haqidagi ta’limotni ilgari surgan (keyinchalik ular gomeomeriya deb atalgan). Uningcha, olam bunyodkori aql (nus) bo’lib, unsurlarni tartibga solib turadi.