ANALTSIM
ANALTSIM — tseolitlar guruhiga mansub mineral. Notekis dumaloq trapesoedr ko’rinishida kristallanadi. Rangi oq, kulrang, pushti, yashilroq, ba’zan qizil. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 5,5 — 6,0; sof og’irligi 2,2 — 2,3. Kelib chiqishi gidrotermal, kam hollarda magmatik. Qizdirilganda oson eriydi. Ba’zan bazaltlarda birlamchi mineral sifatida, kamdan-kam hollarda cho’kindi jinslarda uchraydi.