ANKILOSTOMIDOZ
ANKILOSTOMIDOZ — odam ichagida parazitlik qiladigan yumaloq chuvalchanglar — ankilostomidlar qo’zg’atadigan gijja kasalligi. Issiq iqlim kasalliklaridan. Ankilostomidoz belgilari kasallik yuqqanidan 2-3 oy keyin namoyon bo’ladi. Asosan me’da-ichak faoliyati buzilib, darmonsizlik, mehnatga layoqatsizlik, ba’zan og’ir shakldagi kamqonlik, bosh aylanishi, bosh og’rig’i, bolalarda jismoniy va aqliy jihatdan o’sishning orqada qolishi va boshqalar kuzatiladi. Bemor kasalxonada davolanadi.