Annallar

Annallar (lotincha annalis-yillik)-eng muhim voqealar yozib boriladigan yilnoma. Qadimgi Rimda bosh pontific (kohin) buyrug’iga binoan hamma muhim voqealar oq ganch bilan qoplangan taxtachalar ustiga yozib qo’yilardi. Annallar bizgacha saqlanmagan, ularning mazmuni, annalistlar yoki ilk Rim tarixchilari asarlaridan ma’lum. Annallar degan nom keyinchalik o’rta asrlar solnomasiga o’tgan. Annallar juda qadim zamonlardan (miloddan avvalgi taxminan V asr) yozib borilgan. Miloddan avvalgi 123 va 114 yillar oralig’ida Annallar yozib borish to’xtatilgan. Annallar misrliklar, shumerlar, forslar, xitoylar, yunonlarda ham mavjud edi.