Anneksiya
Anneksiya (lotincha annexio-birlashtirish, qo’shilish)-bir davlat hududini butunlay yoki qisman zo’ravonlik bilan egallab olish yoki o’z davlatiga qo’shib olish siyosati, agressiyaning bir turi; shuningdek, el-elatlarni begona davlat chegaralarida zo’rlik bilan tutib turish. Anneksiya hozirda xalqaro huquqning jumladan, kuch ishlatmaslik va kuch bilan xavf solmaslik prinsipi, millatlarning o’z taqdirini o’z belgilash huquqi buzilishi hisoblanadi.