Antik teatr

Antik teatr-yunon teatr va uning ta’sirida rivojlangan ba’zi (ellin madaniyati ta’siridagi) Sharq mamlakatlari teatri hamda Qadimgi Rim teatrini umumlashtiruvchi tushuncha. Antik teatr rivoji davri (miloddan avvalgi VI asr-milodiy IV-V asrlar)da Yevropada ilk haqiqiy teatr san’ati yuzaga keldi, doimiy teatr inshootlari, sahna texnikasi va dekoratsiya jihozlarining dastlabki namunalari paydo bo’ldi.