Anxramaynu
Anxramaynu (fors tilidagi o’rta asr manbalarida Ahriman, yunon adabiyotlarida Areimanios, Ariman)-zardushtiylikda yovuz kuchlar, zulmat va o’lim boshlig’i. Ahuramazdaning dushmani, inson ruhiyatidagi salbiy hissiyotlarning timsoli. U har xil gunohlar, sehr-jodular qiladi, yomonlik timsoli sifatida sovuqlik va qoru muzlikni, o’lim, kasallik, keksalik, zaharli hasharotlarni yuboradi, birinchi inson Govamardni halok etadi. Odatda, u Ahuramazdaga qarshi o’z qo’l ostidagi iblisona kuchlar – devalr yordamida kurashadi. Uning zo’ri bilan dunyo bir-biriga qarama-qarshi ikki taraf – yaxshilik va yovuzlikka bo’linib qoladi. Lekin Anxramaynu Ahuramazdani yengishga ojizlik qiladi, chunki har doim yaxshilik g’olib chiqadi.