AQAYEV ASQAR

AQAYEV ASQAR (1944.10.10, Qirg’iziston Respublikasining Kemin tumani) — Qirg’iziston davlat va siyosat arbobi. Qirg’iziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1987), texnika fanlari Doktori (1981), professor (1983). Mehnat faoliyatini 1961 yil “Frunzemash” zavodida chilangarlikdan boshlagan. Leningrad aniq mexanika va optika institutini tugatib (1968), shu intda avval laborant, so’ng aspirant. 1972- 73 yillarda Frunze politexnika institutida assistent, katta o’qituvchi, Leningrad aniq mexanika va optika institutida doktorant. 1976 yildan Frunze politexnika institutida katta o’qituvchi, kafedra mudiri. 1986 — 87 yillarda Qirg’iziston KP MK fan va o’quv yurtlari bo’limi mudiri, 1987 yildan Qirg’iziston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti, 1989 yildan Prezidenti. 1990 yil 27 oktabrdan Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti. Bir necha marta rasmiy tashrif bilan O’zbekiston Respublikasida bo’lgan. Fizik optika va golografiya bo’yicha ilmiy asarlar muallifi. Bir qancha universitetlar, jumladan O’zMUning faxriy Doktori (1996).