AQIQA

AQIQA (Arabcha — “chaqaloq sochini olish, qurbonlik so’yish”) — musulmon oilalarida yangi tug’ilgan bolaga ism qo’yish va “qorin sochi” (bolaning tug’ilgandagi sochi) ga qaychi urish bilan bog’liq odat. Johiliyat davridagi turli ma’bud va ma’budalarga atab qilinadigan qurbonliklar o’rniga musulmon oilasida farzand tug’ilganligining shukronasi sifatida bir qo’y so’yib (imkoniyatga karab) Aqiqa marosimini o’tkazishlik joriy etilgan. Islom an’anasida Aqiqani chaqaloq tug’ilgan kunning 7 yoki 14, yoxud 21 kunlari o’tkazish tavsiya etiladi. Bu kunlarda Aqiqa o’tkazilmay qolinsa, so’ng qaysi kunda, qachon amalga oshirilsa ham vazifa bajarilgan hisoblanaveradi.