AQOR

AQOR (Arabcha — ko’chmas mulk, yer-suv, zamin) — Temuriylar zamonida yer-suv, bog’, tegirmon, kanal, do’kon, ustaxona va bozorlar kabi ko’chmas mulklar. Aqor vasiyat bilan vaqfga aylantirilishi mumkik bo’lgan. Zarafshon vodiysidagi Aqor, Oqar, ag’ar kabi joy nomlari Aqor atamasidan kelib chiqqan.