ARAFOT YOSIR

ARAFOT YOSIR (haqiqiy ismi va familiyasi — Muhammad Abdul Rauf Arafot al-Kudva al-Husayn, taxallusi Abu Ammar) (1929.4.8, Quddus shahri) — Falastin qarshilik ko’rsatish harakati arbobi. 1953 yil Qohira universitetini, 1956 yil Qohiradagi harbiy akademiyani tugatgan; kasbi quruvchi-muhandis. 1952 — 56 yillarda Falastin talabalari uyushmasi raisi. Angliya-Frantsiya-Isroilning Misrga qarshi tajovuzi (1956) da Falastin qo’shilmalari tarkibida janglarda qatnashgan. “Falastin milliy ozodlik harakati” (“Fath”) tuzuvchilaridan (1950-yillar) biri va rahbari. 1969 yil Fevraldan Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo’mitasi raisi; ayni paytda 1970 yildan Falastin qarshilik ko’rsatish harakati qurolli kuchlari bosh qo’mondoni. 1989 yildan Falastin davlati prezidenti. 1994 yil sentabrda O’zbekiston Respublikasida bo’lgan. Nobel tinchlik mukofoti laureati (1994).