ARG’UN IBN ABAQAXON

ARG’UN IBN ABAQAXON (1250/1255 -1291) — elxoniylardan bo’lgan Eron hukmdori (elxoni) (1284 — 91). Arg’un xristianlik va ayniqsa buddizmga xayrixoh bo’lgan. Yevropa davlatlari hukmdorlari (Frantsiya va Angliya qirollari, shuningdek Rim papasi) bilan Misrga qarshi birgalikda yurish maqsadida yozishmalar olib borgan. Biroq bu rejalar amalga oshmagan, chunki harbiy kuchlar Movarounnahr va Xurosonda zarur bo’lib qolgan. Xurosonda Amir Navro’z qo’zg’oloni boshlanib, unga Movarounnahrdan ham yordam kelgan. Arg’un bu qo’zg’olonni bostira olmagan. Oltin O’rda xoni mangu Temurning 1290 yil Darband darvozasi orqali Eronga hujumi daf qilingan.