ARIN-BERD

ARIN-BERD — Urartu davlati podshosi Argishti I tomonidan miloddan avvalgi taxminan 780 yilda bunyod etilgan qal’a xarobasi; Yerevan shahri atrofida. Arin-berdda topilgan bitiklarga ko’ra, qal’aning nomi Yerebuni bo’lgan (Yerevan shahrining nomi shundan olingan deb taxmin etiladi). 1950 yildan beri Arin-berdda qazishma ishlari olib boriladi. Arin-berddan devoriy rasmlari bo’lgan saroy va ibodatxonalarning xonalari ochilgan, ularda naqshlardan tashqari Urartu ma’budlarining tasvirlari, xo’jalik xonalari va omborxonalar, bitiklar topilgan. Qal’a urart qabilalarining Sevan ko’li tomon yurishlarida tayanch punkta bo’lib xizmat qilgan. Miloddan avvalgi 8-asr oxirida o’zining dastlabki ahamiyatini yo’qotgan va uning yangi davri Urartu davlati tugagandan keyingi davr (miloddan avvalgi 5-asr) bilan bog’liq.