ARISTID

ARISTID (Aristeides) (miloddan avvalgi taxminan 540 — 467) — afinalik siyosiy arbob va lashkarboshi. Attika aristokratiyasi manfaatlari himoyachisi. Yunon-Eron urushida (miloddan avvalgi 500 — 449) marafon (miloddan avvalgi 490), Salamin (miloddan avvalgi 480) va Plateya (miloddan avvalgi 479) yonidagi janglarda qatnashgan. Delos dengiz Ittifoqi tashkilotchisi.