ARTISHOK

ARTISHOK (supaga) — ko’p yillik va bir yillik sabzavot ekini. O’rta dengiz mamlakatlarida 10-11 turi o’sadi. Frantsiya, Italiya, Hindiston, Jazoir va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Rossiyaning Janub, Moldaviya, Ukrainada tikanli Artishok (S. scolymus L.) turi ko’proq ekiladi. Artishok juda sershox bo’lib, bo’yi 2 metrgacha boradi. Gullari ko’k-binafsha rangda, yirik to’pgul hosil qiladi (bir to’pguli og’irligi 100-200 gramm). Seret gulbandi va savatcha to’pguli ovqatga ishlatiladi. Artishokda qand, oqsil (2,5-3%), uglevod (7-15%), S (0,4 mg%), V, V2 vitaminlari, karotin, urug’ida 30% gacha moy bor. Xom va konservalangan, qaynatilgan Artishok souslar bilan iste’mol etiladi, salatlar tayyorlanadi. Uglevodlari tarkibida diabet kasalliklari uchun foydali bo’lgan inulin bor. Janub zonalarda 3— 4 yillik, sovuq kuchli zonalarda bir yillik ekin, 100×80 santimetr sxemada ekiladi. Hosildorligi 50-250 tsentner/gektar (15— 50 ming to’pgul). Artishok odatda ko’p yillik ekin tarzida ekilgandan so’ng ikkinchi yili gullaydi. O’zbekiston o’simlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida Artishokni rayonlashtirish o’rganilmoqda.