ARUBA

ARUBA —Janubiy Amerikaning shimoliy qirg’og’i yaqinidagi Orol. Shamolsiz orollar to’dasiga kiradi. Maydoni 190 kilometr kvadrat. Balandligi 188 metrgacha. Aholisi 67 ming kishi (1991), asosan negrlar va mulatlar. Niderlandiya Antil orollari tarkibida. 1986 yil 1 yanvardan qisman o’zini o’zi boshqarish huquqi berilgan. Neftni qayta ishlash sanoatining yirik markazi. Bosh shahri — Oranestad. Vulkanik Orol. Riflar bilan o’ralgan. Iqlimi subekvatorial, o’rtacha temperaturasi 26 — 28°. Yog’in 500 — 600 millimetr. Kserofit buta o’simliklari o’sadi. Iqtisodining asosini neftni qayta ishlash sanoati tashkil etadi.