ARXAIZM

ARXAIZM (Yunoncha archaios — qadimgi, kohxna) — eskirib, iste’moldan chiqib qolgan so’z yoki ibora. Leksik (Arkon, Mirzo va hokazolar), fonetik (ersa, birlan, emdi va hokazolar), morfologik (bilur, turur, bo’lgay, burung’i va hokazolar), shuningdek frazeologik, semantikalar bo’ladi. Arxaizm ko’proq adabiyotda o’tmish manzarasini aks ettirish, davr ruhini berishda uslubiy vosita sifatida qo’llaniladi.