ARXANGELSKIY NIKOLAY PORFIREVICH

ARXANGELSKIY NIKOLAY PORFIREVICH (1891.1.4. — Toshkent — 1977.11.12) — rus ma’rifatparvari, pedagog-o’lkashunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi (1940), Sankt-Peterburg universitetining tarix-Filologiya fakultetini tugatgan (1916). 1916 yildan zemstvo maktabida rus tili va psixologiyadan dars bergan. 1920 yil Farg’onadagi maktab-kommuna mudiri. 1921 yildan Turkiston maorif xalq komissarligi ilmiy Kengashining pedagogika hay’ati raisi, Chernishevskiy nomidagi namuna mehnat ish maktabi mudiri, o’qituvchilar tayyorlash kursi, o’zbek yerlar bilim yurti (inpros)da o’qituvchi. 1931 — 53 yillarda O’zbekiston madaniy qurilish va pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutlarida ilmiy xodim, bo’lim mudiri, direktor. Pedagogika, pedagogika tarixi, maktabshunoslikka doir kitoblar muallifi.