Arxantroplar
Arxantroplar (yunoncha archaios-qadimiy, Anthropos-odam)-evolyutsion taraqqiy darajasi va madaniyati xarakteriga ko’ra o’zaro yaqin bo’lgan qadimgi qazilma odamlar (pitekantrop, sinantrop va boshqalar). Arxantroplar suyaklari qoldiqlari Osiyo, Afrika, Yevropadan topilgan.650-350 ming yil avval yashaganlar. Ilk Arxantroplar toshdan qo’pol mehnat qurollari yaratgan, keyinchalik mehnat qurollari ancha takomillashgan. Arxantroplarning asosiy mashg’uloti ovchilik va termachilik edi.