Arxeologiyaning ish uslubi

Arxeologiyaning ish uslubi-moddiy madaniyat yodgorliklari mavjud joyning tabiiy geografik tuzilishiga va ulardagi tarixiy-maishiy holatga qarab tadqiqot ishlarini belgilash: 1) arxeologik axtarish (rekognostsirovka)dan iborat bo’lib, unda ma’lum joyda qaysi turdagi yodgorliklar: shahar xarobalari, qadimgi qabristonlar, maskanlar va hokazolar borligini, ularning taxminiy davrlarini belgilab chiqadi; 2) arxeologik sinov (raxvedka)da har bir yodgorlikni sinov tariqasida qisman qazib ko’rib, uning bunyodga kelgan zamoni, umri, xususiyati kabi tomonlarini aniqlab oladi; 3) muqim (statsionar) arxeologik qazish turli arxeologik tekshirishning yakunlovchi bosqichi bo’lib, unda sinab ko’rilgan yodgorlik boshdan-oyoq batamom qazib tekshiriladi, tugallangan tarixiy xulosalar chiqariladi.