ASADULLAYEV TO’RAXON

ASADULLAYEV TO’RAXON (1941.14.4, Kasbi tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1994). Qarshi pedagogika institutini tugatgan (1966). 1972-75 yillarda Kasbi tumanidagi 13-maktabda yetakchi, 1975 yildan 20-maktabda, 1995 yildan 2-maktabda o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi. Asadullayev o’zining pedagogik faoliyati davomida butun diqqat-e’tiborini o’quvchilarga puxta bilim berish, ularning dunyoqarashini shakllantirish, olgan bilimlari asosida mustaqil fikrlashga qaratdi. Asadullayev maktabda namunali o’zbek tili va adabiyoti kabinetini tashkil etgan. “O’qituvchi ijodkorligi dars samaradorliga” mavzuidagi metodik qo’llanmasi chop etilgan.