Keling, bir hisoblab ko’raylik. Oddiy katta asalari bir soatda 6,5 kilometr tezlikda uchadi va bir kunda o’rtacha 700 ta gulga qo’nadi. Ancha yillar oldin bir asalarining bir kilogramm asal yig’ishi uchun qancha nektar to’plashi hisoblab chiqilgan. Buning uchun u 19 million gulga qo’nib, 300 ming kilometr “uchishi” lozim. Tabiiyki, asalari juda mehnatkash hasharot, ammo u qanchalik tirishmasin bir kilogramm asalni mutlaqo yig’a olmaydi. Buning sababi — uning umri kaltaligida. U bor-yo’g’i 30-35 kun hayot kechiradi. Shunday hilib, odamlar arixonadan oladigan bir kilogramm asalni bir asalari emas, balki butun bir uya yiqqan bo’ladi. Arixonada esa har bir asalarining qat’iy aniq vazifasi bor. Ba’zi asalarilar nektar yig’sa, boshqalari uni olib, mumkatakka g’amlaydi. Ayrim asalarilar tozalovchi vazifasini bajaradi, ya’ni mumkataklarni tozalab, yangi hosil uchun tayyorlaydi. To’rtinchi xil asalarining vazifasi oddiy tuyuladi; ular qanotlarini shamollatgich misoli hilpiratib turadi, vassalom. Bu ham o’ta muhim. Asalarilar arixonani shu tariqa shamollatadilar. Navbatchi asalarilarsiz hayot o’tkazish qiyin. Qorovullik xizmatini bajaradigan asalarilar ham bor. Ular dushmanlar kirib qolmasligi uchun navbatma-navbat arixona og’zida turib, poyloqchilik qiladilar. Alqissa, ishchi asalarilarning ishi boshidan oshib yotadi. Ularning vazifasi doimo almashib turadi. Bugun nektar yig’ib kelgan asalari ertasiga, masalan, navbatchi yoki oziqchi bo’ladilar, qolganlari esa o’z navbatida “o’lja” izlab ketadilar yoki qanotlarini silkitib, arixonani shamollatib o’tiradilar. Bu hol har kuni takrorlanadi. Faqatgina ona asalari ishlamaydi, uning mavqei o’ziga xos va boshqa muhim ishlar bilan band bo’ladi. U tuxum qo’yadi; tuxumlardan esa tez orada yangi avlod paydo bo’ladi.

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
