ASBEST IPLAR

ASBEST IPLAR — asbest tolalariga paxta tolalarini o’rib, pishitib olinadigan mahsulot. Bir necha Asbest iplar o’rib pishitilsa, asbest shnurlar hosil bo’ladi. Asbest iplar va asbest shnurlar zichlagich va issiqlik o’tkazmaydigan material sifatida ishlatiladi.