ASHERSONIYA
ASHERSONIYA (Ashersonia) — takomillashmagan zamburug’lar avlodi; oqqanotlar oilasiga mansub zararkunanda hasharotlarning tabiiy kushandasi. Zararkunanda hasharotlarning 1 — 3 yoshdagi lichinkalarini shikastlaydi. Aning oqqanotlarga qarshi qo’llaniladigan juda ko’p formalari mavjud (Vetnam qizil va sariq Ashersoniyasi, Kuba zarg’aldoq va qizil Ashersoniyasi, Yaponiya, Hindiston Ashersoniyasi va boshqalar). Ashersoniyani shiradorligi 10-11% agar suyuqligida tayyorlangan ozuqali muhitda ko’paytiriladi. Purkash uchun kontsentrasiyasi 1 millilitrda 2-5-yu7 bo’lgan zamburug’ sporali suspenziyasi ishlatiladi. 1 gektar maydonga 2 6 litr sporali suspenziya sarflanadi. Purkash ertalab yoki kechqurun lichinkalarning tuxumdan chiqish paytida amalga oshiriladi.