ASHIKO’L

ASHIKO’L — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi ko’l. Amudaryoning o’ng sohilida. G’arbda Besto’ba va Sharqda Kushtepa balandliklari orasida joylashgan. Shimoldan Janubga yo’nalgan. G’arbiy sohillari Tabaqqum cho’liga tutash. Uzunligi 800-1000 metr, eni 300-350 metr, o’rtacha chuqurligi 2-3 metr. Sug’orishdan ortgan va tashlama suv kelib quyiladi. Suv ko’p kelgan yili sathi kengayadi. Qirg’oqlari qumloq, qamishzor, o’rtacha sho’rligi 1 l da 8-10 gramm va undan ko’p. Baliqchilikda foydalaniladi.