ASHULA YO’LI

ASHULA YO’LI – 1) cholg’u kuylarining ashula yo’llari. Masalan, bastakor I. Ikromov moslagan “Munojot”, “Cho’li Iroq”, “Mushkiloti Dugoh” singari cholg’u kuylarning ashula varianti; 2) O’zbekistonning turli joylarida hofizlik maktablariga xos ijrochilik-ijodchilik an’analari. Masalan, Buxoro, Samarqand Ashula yo’llari, Xorazm Ashula yo’llari, Farg’ona-Toshkent Ashula yo’llari va hokazolar; 3) atoqli hofizlarning ijrochilik-ijodchilik uslubiga xos asarlar. Masalan, “Ushshoqi Hoji 1—P” (Hoji Abdulaziz Abdurasulov talqinida tanilgan “Ushshoq” yo’llari), “Ushshoqi Sodirxon” (Sodirxon Bobosharifov yo’li), “To’ychi Hofiz ushshog’i” (Mulla To’ychi Hofiz Toshmuhamedov yo’li).