ASIDOFILIN

ASIDOFILIN, aiidofilinli qatiq — qatiqning bir turi. Asidofilin pasterizatsiya qilingan yoki qaynatilgan sutga asidofil organizmlar (bakteriyalar) qo’shib ivitiladi. Ba’zan sut kislotasi, streptokoklar va kefir zamburug’i, vanilin kabi xushbo’y moddalar qo’shiladi. Sof sut kislotasi, qand va xushbo’y moddalar qo’shilganidan ta’mi shirinroq. Tarkibida 3,2% yog’ bo’ladi. Oshqozon-ichakda ovqat hazm bo’lishiga yordam beradigan faol kislota hosil qilish xususiyatiga ega. Asidofilin tibbiyotda parhez ovqat sifatida buyuriladi, veterinariyada (buzoqlar uchun) ko’p ishlatiladi. Shuningdek, sanoatda asidofil achitqili sut, asidofil pastasi ham ishlab chiqariladi.