ASIDOFILIYA
ASIDOFILIYA (lotincha acidus — nordon, kislotali va … filiya) — hujayra tsitoplazmasi va boshqa ichki elementlar yoki tolasimon tuzilmalarning kislotali bo’yoqlar (eozin, nordon fuksin va boshqalar) bilan bo’yalish xususiyati. Asidofiliyadan qon hujayralarini bir-biridan farqlashda foydalaniladi.