ASOSIY SUVLI QATLAM

ASOSIY SUVLI QATLAM (gorizont) — boshqa suvli jinslar orasida eng sersuv bo’lgan va amaliy talablarga (suv bilan ta’minlash, sug’orish va boshqalar) javob bera oladigan yer qatlami. Muhandislik geologiyada Asosiy suvli qatlam deb ko’pincha fizik-geologik hodisalarning taraqqiy etishida (surilmalar, suffoziya) asosiy ahamiyatga ega bo’lgan suvli gorizontlarga aytiladi.