ASOSIY VOSITALAR

ASOSIY VOSITALAR – ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta’minlaydigan vositalar (mehnat qurollari, bino, inshoot, qurilma va boshqalar). Buxgalteriya hisobi va rejalashtirishda Asosiy vositalar tarkibiga xizmat muddati bir yildan ortiq va qiymati eng kam ish haqining 15 barobaridan arzon bo’lmagan vositalar kiritiladi (2000). Asosiy vositalar buxgalteriya hisobida xo’jalikka qabul qilingan boshlang’ich bahoda aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlang’ich bahosiga ularni sotib olish (bino va inshootlarni qurish) uchun qilingan haqiqiy xarajat kiritiladi. Asosiy vositalar to’liq xizmat muddati davomida boshlang’ich qiymati bo’yicha hisobga olinadi. Asosiy vositalarlarni qayta baholash faqat hukumat qarori bilan amalga oshiriladi.