ASQAROV MIRHOJI ASQAROVICH

ASQAROV MIRHOJI ASQAROVICH (1931.30.4 — Toshkent) — kimyogar olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), kimyo fanlari Doktori (1967), professor (1968). Moskva yengil sanoat texnologiyasi institutini bitirgan (1953). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi institutida laboratoriya mudiri (1959-67), shu institut direktori (1962- 64), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi kimyo institutida polimerlarni sintezlash laboratoriya mudiri, ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari (1967-72), shu institut direktori (1972— 82). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot intida bo’lim mudiri (1982). Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida kafedra mudiri (1983-88), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida direktor (1988-93), bo’lim mudiri (1993 y.dan). Asqarov sintetik polimerlar olish va ularni plastmassalar sohasida qo’llash borasida tadqiqotlar o’tkazgan. Uning rahbarligida aromatik diaminlarni alifatik ikki asosli kislotalar bilan polikondensatlab yuqori haroratga chidamli plastmassalar olingan. Asqarov 50 dan ortiq yangi monomerlarning polimerlanish kinetikasi va mexanizmini o’rganish natijasida xossalari barqarorlashtirilgan karbonzanjlrli plastmassalarni barpo etgan.