ASR
ASR (Arabcha — davr, vaqt) — 1) yuz taqvim yili (kalendar yil)ga teng vaqt oralig’i; masalan, 20-asr 1901 yil 1 yanvardan 2000 yil 31 dekabrgacha davrni o’z ichiga oladi; yuz tropik yil; 36524, 2199 o’rtacha Quyosh sutkasiga teng; 2) geologik davrning bir qismini o’z ichiga olgan vaqt. Asr ichida bir yarusning barcha tog’jinslari paydo bo’ladi. Geoxronologiya jadvalida Asr eng kichik qism (vaqt) hisoblanib, bir Asr bir yarusga to’g’ri keladi; 3) kun (Quyosh) botishi chog’idan 1-2 soatcha oldingi payt va shu paytda o’qiladigan namoz. Asr namozining muddati — kun botishidan 2 soat ilgaridan to kun botgungachadir.