ASTAFEV VIKTOR PETROVICH

ASTAFEV VIKTOR PETROVICH (1924)—rus yozuvchisi. “O’g’irlik” (1966), “Shohbaliq” (1976), “Cho’pon va cho’pon qiz” (1971) kabi asarlari urush, Sibir qishloqlaridagi hayot, kishilarning ayanchli ahvoli haqida. “So’nggi ta’zim” (1-2-kitob, 1971 — 79) avtobiografik qissa va hikoyalar turkumida yozuvchining bolaligi aks etgan. “La’natlangan va o’ldirilganlar” (1-kitob, 1992) romanida harbiy kazarmalarning mudhish holati, sobiq Ittifoqsa amalda bo’lgan jazolash tizimining shafqatsiz qurbonlari — oddiy askarlarning azob-uqubatlari bayon etilgan.